JAMOAT XAVFSIZLIGI JANGOVOR TAMINLASHNING HARBIY, SIYOSIY MODELLARINI O‘RGANISHNI AHAMIYATI
Keywords:
jamoat xavfsizligi, harbiy model, siyosiy model, milliy xavfsizlik, zamonaviy tahdidlar, terrorizm, davlat siyosati, xavfsizlik strategiyasi, ijtimoiy barqarorlik.Abstract
Mazkur mavzu jamoat xavfsizligini ta’minlashda qo‘llaniladigan harbiy va siyosiy modellarni ilmiy jihatdan o‘rganishning bugungi kundagi ahamiyatini yoritadi. Hozirgi globallashuv, mintaqaviy beqarorlik, terrorizm, ekstremizm, kiberxavfsizlik va axborot xurujlari sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda. Harbiy model kuch tuzilmalari orqali xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini ifodalasa, siyosiy model huquqiy, institutsional va ijtimoiy hamkorlikka asoslangan yondashuvlarni qamrab oladi. Ushbu modellarni qiyosiy tahlil qilish xavfsizlikni ta’minlashda samarali strategiyalar ishlab chiqish, davlat va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlash hamda zamonaviy tahdidlarga moslashuvchan choralar ko‘rish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari jamoat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan siyosiy qarorlar va harbiy-amaliy faoliyatni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.