DAVRIY MATBUOTDAGI KONSEPTUAL METAFORALAR VA ADABIY MATNDAGI KONSEPTUAL METAFORALAR
Keywords:
konseptual metafora, davriy matbuot, adabiy matn, badiiy obraz, lingvistik tahlil, metaforik ifoda, obrazlilik, publitsistik stil, timsol, semantik imkoniyatlar.Abstract
Davriy matbuot va adabiy matnda konseptual metaforalarning aks etishi va o‘ziga xos xususiyatlari, tilshunoslik hamda adabiyotshunoslik sohalarida doimiy e’tibor markazida bo‘lgan mavzulardan biridir. Konseptual metafora deganda, ma’lum bir tushuncha yoki abstrakt hodisani boshqa, ko‘proq harakat va tajribaga asoslangan tushunchalar orqali ifodalash tushuniladi. Bunday usul nutqni jonlantirish va fikrni yanada chuqurroq, yanada obrazli ifodalash imkonini beradi. Ijtimoiy hayotda, bilim va tafakkurda til o‘zaro ta’sirda bo‘lganligi sababli, tilshunoslar ham, adabiyotshunoslar ham matnlarda uchraydigan konseptual metaforalarni o‘rganishga alohida ahamiyat beradilar.
Downloads
Published
2025-12-26
Issue
Section
Articles