QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YERLARNI YER FONDINING BOSHQA TOIFALARIGA O‘TKAZILISHI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Keywords:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar; qishloq xo‘jaligi yer turlarini boshqa toifaga o‘tkazish, oziq-ovqat xavfsizligi, yer tuzish, shahar qurlishi, yer tuzishni loyihalash.Abstract
Iqtisodiyotning soanot, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarni rivojalantirish maqsadida qishloq xo‘jaligi yerlarini yer fondining boshqa toifalariga o‘tkazish zaruriyati paydo bo‘ladi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi yerlarini yer fondining boshqa toifalariga o‘tkazish tez sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligidan o‘zga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga o‘tkazishga alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan ruxsat etilsada, amalda qishloq xo‘jaligi yerlarini yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish jarayonlari jiddiy tus olib bormoqda. Maqolada qishloq xo‘jaligi yerlarini yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazishning sabablari va omillari, ushbu yerlarni boshqa toifaga o‘tkazishning salbiy oqibatlari va oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan.