RAQAMLI DAVRDA AXBOROTLARNING ISHONCHLILIGINI ANIQLASH USULLARI

Authors

  • Imomaliyev Abdurasul Rahmonali o’gli Author

Keywords:

axborot ishonchliligi, faktcheking, dezinformatsiya, media savodxonlik, sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish, ijtimoiy tarmoqlar, tanqidiy fikrlash

Abstract

Raqamli davrda axborot jamiyat hayoti uchun strategik resursga aylangan va uning ishonchliligini aniqlash dolzarb muammo bo‘lmoqda. Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi tezkor axborot oqimi soxta yangiliklar, dezinformatsiya va manipulyativ kontentning keng tarqalishiga olib keladi, natijada foydalanuvchilar haqiqat va yolg‘onni farqlashda qiyinchilikka duch keladi.

Ushbu tadqiqot axborot ishonchliligini baholashning nazariy va amaliy yondashuvlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda manba tahlili, faktcheking, kontekstual va sun’iy intellekt asosidagi semantik tahlil kabi usullar tahlil qilindi. Shuningdek, foydalanuvchining axborotni tanqidiy idrok etish qobiliyati va raqamli savodxonlik muhim omil sifatida ko‘rib chiqildi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, fundamental va amaliy yondashuvlarning uyg‘unligi axborotning ishonchliligini aniqlash va noto‘g‘ri kontentni filtrlashda samarali yechimlar beradi. Ushbu yondashuv media savodxonlik, axborot xavfsizligi va ta’lim sohalarida amaliy qo‘llanilishi mumkin.

Author Biography

  • Imomaliyev Abdurasul Rahmonali o’gli

    Namangan davlat universiteti magistranti

    E-mail: abdurasulimomaliyev200@gmail.com

Published

2025-12-26