PEDAGOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKILLANTIRISHDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNING 5 AMALIYOTGA TADBIG’I
Keywords:
Pedagogik kompetentlik, pedagogik dasturiy vositalar, raqamli ta’lim, interaktiv ta’lim, masofaviy ta’lim, elektron ta’lim resurslari, innovatsion pedagogika, kasbiy rivojlanish.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda pedagogik dasturiy vositalarning o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan. Xususan, pedagogik dasturiy vositalarning ta’lim amaliyotiga tadbiq etilishining beshta asosiy yo‘nalishi chuqur tahlil qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim muhitining o‘qituvchi kasbiy kompetentligini rivojlantirishga ta’siri, interaktiv metodlar, masofaviy ta’lim, elektron resurslar, baholash tizimlari hamda reflektiv faoliyatni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida pedagogik dasturiy vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.