TURKIYA TA’LIM TIZIMI
Keywords:
Turkiya ta’lim tizimi, majburiy ta’lim, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, oliy ta’lim, YÖK, ta’lim islohotlari, kredit-modul tizimi.Abstract
Mazkur maqolada Turkiya Respublikasining ta’lim tizimi, uning tuzilishi, bosqichlari hamda boshqaruv mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot davomida maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo‘lgan bosqichlar, majburiy ta’lim muddati, davlat va xususiy ta’lim muassasalari faoliyati, shuningdek, Turkiya ta’lim tizimining zamonaviy islohotlari va xalqaro standartlarga moslashuvi tahlil qilinadi. Maqola ta’lim sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, pedagoglar va talabalar uchun foydali bo‘lishi maqsad qilingan.