FRANSIYA TA’LIM TIZIMINING “DUAL BOSQICHI” XUSUSIYATLARI
Keywords:
Fransiya ta’lim tizimi, dual ta’lim, kasbiy ta’lim, nazariya va amaliyot integratsiyasi, o‘quv-amaliy tayyorgarlik, mehnat bozori, professional kompetensiya.Abstract
Mazkur maqolada Fransiya ta’lim tizimida muhim o‘rin tutuvchi dual ta’lim bosqichining mazmuni, tuzilishi va amaliy ahamiyati keng yoritib berilgan. Dual ta’lim modeli nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirishga asoslangan bo‘lib, unda ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik yetakchi o‘rin egallaydi. Maqolada Fransiyada dual ta’limning shakllanish tarixi, huquqiy asoslari, asosiy yo‘nalishlari hamda o‘quvchi va ish beruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu modelning pedagogik, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari Fransiya tajribasi asosida dual ta’limni boshqa davlatlar ta’lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.