“MUSAXXIR AL-BILOD” — XVI–XVII ASR O‘RTA OSIYO TARIXINI O‘RGANISHDA MUHIM MANBA
Keywords:
Shayboniylar sulolasi, Ashtarxoniylar sulolasi, O‘rta Osiyo, Muhammadyor ibn Arab Qatag‘an, Musaxxir al-bilod, tarixshunoslik, sulolaviy tarix, harbiy yurishlar, Buxoro xonligi, manbashunoslik tarixi, XVI–XVII asr, qo‘lyozma manbalar.Abstract
Muhammadyor ibn Arab Qatag‘an tomonidan yaratilgan «Musaxxir al-bilod» asari Shayboniylar va ilk Ashtarxoniylar davri siyosiy, harbiy va sulolaviy tarixini yorituvchi noyob manbadir. Asarda muallif tarix ilmini insonlarni omiylikdan chiqaruvchi vosita sifatida talqin qilib, o‘tmish voqealarni tizimli va ixcham shaklda bayon etgan. Ushbu maqola «Musaxxir al-bilod»ning yozilish tarixi, tuzilishi, manbalari va O‘rta Osiyo tarixshunosligidagi ahamiyatini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qiladi.
Downloads
Published
2025-12-27
Issue
Section
Articles