SANOAT CHIQINDILARINING ATROF-MUHITGA TA’SIRI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)
Keywords:
sanoat chiqindilari, atrof-muhit, ekologik ifloslanish, tuproq degradatsiyasi, suv ifloslanishi, yashil texnologiyalar, O‘zbekiston.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston sanoat tarmoqlarida hosil bo‘layotgan chiqindilarning atrof-muhitga ta’siri tahlil qilinadi. Xususan, tog‘-kon, metallurgiya, kimyo va energetika sanoatlarida yuzaga keladigan qattiq, suyuq va gazsimon chiqindilarning tuproq, suv va havo sifatiga salbiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda sanoat chiqindilarining ekotizim barqarorligiga, biologik xilma-xillikka hamda aholi salomatligiga bo‘lgan xavfi yoritiladi. O‘zbekiston sharoitida chiqindilarni boshqarish tizimining mavjud holati, muammolari va ularni takomillashtirish zarurati asoslab beriladi. Shuningdek, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik monitoringni kuchaytirish va “yashil texnologiyalar”ni joriy etish orqali sanoatning ekologik yukini kamaytirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari barqaror rivojlanishni ta’minlashda ekologik xavfsizlikning muhim o‘rin tutishini tasdiqlaydi.