GLOBAL ISISH VA SUV RESURSLARI TANQISLIGI MUAMMOSI

Authors

  • Lutfullayeva Nargiza Boxodirovna Author
  • Abdullayeva Dilnoza Kabirjanovna Author
  • Baxronov Samandar Author

Keywords:

global isish, suv tanqisligi, iqlim o‘zgarishi, suv resurslari, barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlik, Markaziy Osiyo.

Abstract

Ushbu maqolada global isish jarayonining dunyo va ayniqsa Markaziy Osiyo hududida suv resurslariga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Atmosfera haroratining oshishi muzliklarning tez erishi, yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi hamda bug‘lanish jarayonining kuchayishiga olib kelmoqda. Natijada daryo va yer osti suvlarining tabiiy to‘lishi kamayib, suv tanqisligi tobora kuchaymoqda. Maqolada suv tanqisligining qishloq xo‘jaligi, sanoat, aholi turmushi va ekologik tizimlarga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida suv resurslarini boshqarishdagi muammolar, mavjud siyosatlar va ularni takomillashtirish yo‘llari yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, global isishga moslashish va suvdan oqilona foydalanish strategiyalarini ishlab chiqish barqaror rivojlanishning muhim sharti hisoblanadi.

Author Biographies

  • Lutfullayeva Nargiza Boxodirovna

    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat

    texnika universiteti, katta o‘qituvchilari

  • Abdullayeva Dilnoza Kabirjanovna

    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat

    texnika universiteti, katta o‘qituvchilari

  • Baxronov Samandar

    Islom Karimov nomidagi Toshkent  Davlat texnika universiteti o‘quvchisi

     

Published

2025-12-29