MEBEL SANOATIDA ZAMONAVIY MARKETING STRATEGIYALARI: TRENDLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Keywords:
Mebel marketingi, iste'molchi xatti-harakati, raqamli marketing, onlayn savdo, virtual reallik, kontent marketing, individual buyurtma, barqaror mebel, O'zbekiston mebel bozori.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy bozor sharoitida mebel sanoati marketing strategiyalarining o'ziga xos xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari tahli qilinadi. Mebel mahsulotlariga bo'lgan talabning psixologik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillari, shuningdek, iste'molchilar qarorlarini qabul qilish jarayonidagi asosiy bosqichlar o'rganiladi. Raqamli transformatsiya davrida mebel kompaniyalarining marketing faoliyatida yuzaga kelayotgan tub o'zgarishlar, xususan, onlayn savdo platformalari, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari, kontent marketingi va ijtimoiy media strategiyalarining ahamiyati ochib beriladi. Maqolada mebel marketingining o'ziga xos jihatlari – logistika muammolari, namunalar bilan ishlash, individual buyurtmalar va moslashtirish xizmatlari, shuningdek, barqarorlik va ekologik mas'uliyat trendlarining ta'siri keng yoritiladi. O'zbekiston mebel bozoridagi o'ziga xos xususiyatlar va mahalliy kompaniyalar samarali marketing strategiyasini qurish imkoniyatlari tahli qilinadi