O‘QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Normamatova Moxinur Musurmon qizi Author

Keywords:

Innovatsiya, xususiy yangilik, diagnostika, qoliplashtirish, o‘qituvchining innovatsion faoliyati,interaktiv, tarbiya, texnologiya,aksiologiya, akmeologiya, kreativlik

Abstract

Mazkur maqolada o‘qituvchining innovatsion faoliyati pedagogik jarayonni modernizatsiya qilishning muhim omili sifatida tahlil etilgan. Unda innovatsiya va yangilik tushunchalarining nazariy talqinlari, innovatsion jarayonning bosqichlari, tuzilmasi hamda qonuniyatlari yetuk pedagog-olimlar (A.I. Prigojin, V.A. Slastenin, R.N. Yusufbekova, M.M. Potashnik va boshqalar) qarashlari asosida yoritib berilgan. Maqolada pedagogik innovatsiyaning xususiy, shartli, mahalliy va sub’ektiv turlari, innovatsion jarayonning ongli va stixiyali tiplari hamda oliy ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarning mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, o‘qituvchining innovatsion faoliyatida aksiologik va akmeologik yondashuvlarning o‘rni, ijodiy individuallik, kreativlik va refleksiya kabi muhim komponentlar ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari o‘qituvchining innovatsion faoliyati uning kasbiy mahorati, ijodiy salohiyati va shaxsiy rivojlanishini ta’minlovchi uzviy va dinamik jarayon ekanligini ko‘rsatadi.

Author Biography

  • Normamatova Moxinur Musurmon qizi

    Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika

    yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Published

2026-01-03