OVQATLANISH FIZIOLOGIYASI FANINING INSON SOG‘LOM TURMUSH TARZIDAGI TUTGAN O‘RNI

Authors

  • Qadirbaev Ilham Author
  • Eshmuratov Marat Tańatarovich Author

Keywords:

ovqatlanish fiziologiyasi, sog‘lom turmush tarzi, ratsional ovqatlanish, modda almashinuvi, energiya ehtiyoji, salomatlik.

Abstract

Mazkur maqolada ovqatlanish fiziologiyasi fanining inson organizmi hayot faoliyatidagi ahamiyati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni hamda to‘g‘ri ovqatlanishning salomatlikka ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Ovqatlanish fiziologiyasi oziq moddalarning organizmga kirishi, hazm bo‘lishi, so‘rilishi va modda almashinuvida ishtirok etishini o‘rganadi. Maqolada muvozanatli ovqatlanish tamoyillari, noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatlari, turli yosh davrlarida ovqatlanishning o‘ziga xos xususiyatlari va zamonaviy hayot sharoitida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish masalalari keng yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ovqatlanish fiziologiyasi sog‘lom turmush tarzining ilmiy asosini tashkil etib, ko‘plab kasalliklarning oldini olishda muhim omil hisoblanadi.

Author Biographies

  • Qadirbaev Ilham

    Berdaq nomidagi QDU Kimyo-texnologiya fakulteti

    Oziq-ovqat texnologiyalari yonalishi 2b-kurs talabasi

  • Eshmuratov Marat Tańatarovich

    Ilmiy rahbar

Published

2026-01-04