UMUMTA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARINING INTELLEKTUAL QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
Intellektual qobiliyat, umumta’lim maktabi, o‘quvchilar, ijodiy fikrlash, muammoli ta’lim, interfaol metod, san’at va musiqa, STEAM ta’limi, innovatsion pedagogika, mustaqil fikrlash, ijodkorlik.Abstract
Mazkur maqolada umumta’lim maktab o‘quvchilarining intellektual qobiliyatini shakllantirish masalalari yoritilgan. Unda intellektual rivojlanishning nazariy asoslari, psixologik va pedagogik omillari, shuningdek, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan samarali metodlar tahlil qilinadi. Muammoli ta’lim, tanqidiy va ijodiy fikrlash, interfaol metodlar, san’at va musiqa mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, STEAM ta’limi va innovatsion pedagogik yondashuvlarning intellektual qobiliyatni oshirishdagi o‘rni alohida ta’kidlangan. Maqola umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning ijodkorlik, mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy-amaliy jihatlarini ochib beradi.