ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Authors

  • O'ralova Marjona Baxtiyor qizi Author

Keywords:

innovatsion texnologiyalar, ona tili, ta’lim sifati, o‘quvchi faolligi, zamonaviy darslar, pedagogik metodlar, interaktiv usullar, nutq rivoji, ijodiy tafakkur, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.

Abstract

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish va o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti, sohada yuz berayotgan yangilanishlar, ta’limga qo‘yilayotgan yangicha talablar o‘qituvchilardan darslarni o‘tkazishda innovatsion usullar va texnologiyalardan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, ona tili fanining mazmuni bilan bevosita bog‘liq holda o‘quvchilar nutqini boyitish, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish va ijodiy faoliyatga jalb qilish yo‘llari alohida ahamiyat kasb etadi. Ana shu jarayonda innovatsion texnologiyalar o‘zining kuchli ta’sir imkoniyatiga ega bo‘lib, ta’lim sifatining oshishida katta yordamchi vosita sifatida o‘rganilmoqda.

Author Biography

  • O'ralova Marjona Baxtiyor qizi

    Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Published

2026-01-06