ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH

Authors

  • Rahimova Nasiba Mannonovna Author

Keywords:

interaktiv metodlar, ona tili, adabiyot, samaradorlik, ijodiy fikrlash, mustaqil o‘rganish, nutq madaniyati, o‘quvchi faolligi, muhokama, innovatsion ta’lim.

Abstract

Ona tili va adabiyot darslarida interaktiv metodlardan foydalanish o‘qitish jarayonini yangilash, samaradorligini oshirish va o‘quvchilarda amaliy, mustaqil fikrlash malakalarini shakllantirish uchun muhim hisoblanadi. Hozirgi zamon ta’limi sharoitida an’anaviy usullar samaradorligini ba’zan yo‘qotmoqda, dunyoda tezkor axborot oqimi, yangilanish va innovatsiyalar ortib bormoqda. Ta’lim sohasidagi har qanday islohotlarda asosiy maqsad shaxs har tomonlama yetuk, bilimga, tafakkurga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdan iboratdir. Ayniqsa, ona tili va adabiyot darslari tilimiz boyliklari, milliy madaniyatimiz durdonalari, xalqimizning asriy ma’naviy qadriyatlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish, ularni ona tiliga, yurtga hamda milliy adabiyotga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashda alohida o‘rin tutadi. Shu bois, bu darslarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil qilish, interaktiv metodlarni keng qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. 

Author Biography

  • Rahimova Nasiba Mannonovna

    Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Published

2026-01-06