KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI

Authors

  • Xalmatjanov Farxod Maxammatjanovich Author
  • Abduraxmonov Shohruh Sherzod o‘g‘li Author

Keywords:

Kambag‘allik, iqtisodiy mexanizmlar, ijtimoiy himoya, bandlik, tadbirkorlik, daromadlar tengsizligi, barqaror rivojlanish.

Abstract

: Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida kambag‘allikni qisqartirishning iqtisodiy mexanizmlari keng tahlil qilingan. Kambag‘allikning mohiyati, shakllari va sabablari ilmiy adabiyotlar va xalqaro tashkilotlarning yondashuvlari asosida ochib berilgan. Maqolada O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlar, jumladan, bandlikni oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish va inson kapitaliga investitsiya kiritish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar keng yoritilgan. Shuningdek, Xitoy, Janubiy Koreya va Turkiya tajribasi bilan qiyosiy tahlillar o‘tkazilib, mamlakatimiz uchun samarali bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar aniqlangan. Maqola yakunida kambag‘allikka qarshi kurashning istiqbolli mexanizmlari va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Author Biographies

  • Xalmatjanov Farxod Maxammatjanovich

    Alfraganus universiteti

    Iqtisodiyot fakulteti katta o‘qituvchisi

  • Abduraxmonov Shohruh Sherzod o‘g‘li

    Alfraganus universiteti

    Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy

    munosabatlar yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Published

2025-09-22