TAʼLIMNI XALQ ANʼANALARI VA URF-ODATLARI BILAN UYGʻUNLIGI
Keywords:
Xalq anʼanalari, taʼlim, tarbiya, vatanparvarlik, zamonaviy pedagogika.Abstract
Har bir xalqning madaniy taraqqiyoti, milliy o’zligining shakllanishi va saqlanib qolishi, avvalo, uning ta’lim tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Ta’lim jarayoniga xalqning an’ana, urf-odat va qadriyatlarini kiritish orqali yosh avlodda milliy g’urur, vatanparvarlik, insoniylik va ma’naviy barkamollik sifatlari shakllanadi. Taʼlim jarayonini xalq anʼanalari va urf-odatlari bilan uygʻunlashtirish milliy qadriyatlarni shakllantirish va mustahkamlashning muhim omillaridan biridir. Milliy qadriyatlar xalqning ko‘p asrlik tarixi, urf-odatlari, anʼanalari, hayotiy qarashlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning maʼnaviy merosi, madaniy boyliklari hamda tarixiy yodgorliklarida o‘z ifodasini topadi. Ushbu qadriyatlar yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirishda, ularni milliy o‘zlikni anglash ruhida tarbiyalashda muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.
Xalq anʼanalari va urf-odatlariga tayangan taʼlim tizimi o‘quvchilarning maʼnaviy qiyofasini boyitadi, ularni milliy madaniyatga hurmat ruhida voyaga yetkazadi hamda jamiyatda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlaydi. Chunki milliy qadriyatlarni chuqur anglagan shaxs o‘z xalqining tarixi va madaniyatiga befarq bo‘lmaydi, milliy g‘urur va masʼuliyat tuyg‘usiga ega bo‘ladi.
Shu bois, taʼlimni xalq anʼanalari va urf-odatlari bilan uygʻunlashtirish jamiyatni maʼnaviy jihatdan yangilash, yoshlarning barkamol shaxs sifatida shakllanishi hamda milliy taraqqiyotning uzluksizligini taʼminlashda muhim omil hisoblanadi.