TIBBIY MULOQOTDA TERMIN VA ODDIY SO‘ZLAR MUVOZANATI

Authors

  • Ma’ruf Sag‘dullayev Ilhom o‘g‘li Author
  • Boymirzayev Boburmirzo Author

Keywords:

tibbiy muloqot, tibbiy terminologiya, oddiy so‘zlar, shifokor-bemor muloqoti, nutq madaniyati, kommunikativ muvozanat.

Abstract

Mazkur maqolada tibbiy muloqot jarayonida maxsus terminologiya va oddiy, tushunarli so‘zlardan foydalanish masalasi yoritiladi. Terminlar tibbiyot sohasida ilmiy aniqlik va kasbiy muloqotni ta’minlasa, shifokor–bemor muloqotida oddiy so‘zlar axborotni to‘g‘ri yetkazish hamda ishonch va psixologik qulaylikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada terminlarning ortiqcha yoki yetarli darajada qo‘llanmasligi natijasida yuzaga keladigan kommunikativ muammolar tahlil qilinadi hamda terminlarni oddiy so‘zlar orqali izohlash va kontekstga mos holda qo‘llash yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari tibbiy nutq madaniyatini takomillashtirish va samarali tibbiy muloqotni ta’minlashga xizmat qiladi.

Author Biographies

  • Ma’ruf Sag‘dullayev Ilhom o‘g‘li

    Tashkent davlat tibbiyot universiteti 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi assistenti

  • Boymirzayev Boburmirzo

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-bosqich talabasi

Published

2026-01-06