TALABALARDA KASBGA QIZIQISH UYGʻOTISH
Keywords:
psixologik, kasbiy faoliyat, modernizatsiya, kasbshunoslik, metodik, diagnostic,prognostic, kasbiy anglashAbstract
Keltirilgan maqolada shaxsning umumiy va kasbiy rivojlanishining birligi insoniyat rivojlanishining asosiy tamoyillaridan biri bo’lib uning mohiyati nafaqat o’quv jarayonida ta’lim olish bilanoq, balki talabalar bilimlarni o’zlashtirishi, ularning umumiy va maxsus qobiliyatlari, fazilatlari va malakalarini rivojlantirishida, balki shakllangan bilimlarni, fazilatlarni, qobiliyatlarni va hokazolarni kasbiylashtirish va yanada takomillashtirishda xizmat qiladigan tushuncha deb qarash mumkin. Oliy ta’limning bugungi holatini tahlil qilishimiz ta’limni modernizatsiyalashning quyidagi tamoyillarini ochib beradi: globallashuv va internallashtirish; bashorat va utilizatsiya qilish; marketlashtirish; standartlashtirish; hududlashtirish; aksiologizatsiya va hokazo. Ta’kidlash joizki, oliy ta’lim nafaqat modernizatsiya jihatidan, balki islohotlar, innovatsion rivojlanish nuqtai-nazaridan ham muhimdir. Bu muhim omilni yanada kengaytirib tadbiq qilish yo’llari ko’rsatib o’tildi.