KO’P QATLAMLI SUN’IY NEYRON TO’RLARI: TUZILISH VA QO’LLANILISHI
Keywords:
ko’p qatlamli neyron to’rlari, sun’iy intellekt, xatoliklarni orqaga tarqatish, chuqur o’rganish, aktivatsiya funksiyalari.Abstract
Mazkur ilmiy ishda sun’iy intellekt sohasida muhim o’rin tutuvchi ko’p qatlamli neyron tarmoqlarining strukturaviy xususiyatlari, ishlash mexanizmi va turli sohalardagi tatbiqi o’rganiladi. Ko’p qatlamli neyron to’rlari kirish qatlami, yashirin qatlamlar va chiqish qatlamidan tashkil topgan murakkab arxitektura bo’lib, ular murakkab bog’liqliklarni modellashtirish qobiliyatiga ega. Tadqiqotda neyron tarmoqlarining matematik asoslari, o’qitish algoritmlari, aktivatsiya funksiyalari va optimallashtirish metodlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, ko’p qatlamli tarmoqlarning xatoliklarni orqaga tarqatish algoritmi yordamida o’qitilishi, overfitting muammosi va uni bartaraf etish usullari ko’rib chiqiladi. Zamonaviy chuqur o’rganish texnologiyalarida ko’p qatlamli tarmoqlarning ahamiyati va istiqbollari ham muhokama qilinadi.