BADIIY ADABIYOTNING KATTA MAKTABGACHA YOSH BOLALARI NUTQINI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI

Authors

  • Berdiyeva Muborak Baxtiyorovna Author

Keywords:

Nutqiy kompetensiya, badiiy-estetik tarbiya, monologik ifoda, emotsional-ifodali nutq, adabiy mashg'ulot, rivojlantiruvchi muhit, kommunikativ ko‘nikma, lug'aviy zahira, qayta hikoya qilish, ijodiy nutq faoliyati, obrazli fikrlash, nutqiy madaniyat.

Abstract

Ushbu maqolada katta maktabgacha yosh bolalari nutqini rivojlantirishda badiiy adabiyotning o‘rni va ahamiyati tadqiq etilgan. Maqolada bolalar adabiyoti vositasida nutqning barcha tomonlari – fonematik eshitish, lug'at boyligi, grammatik tuzilma, bog'langan nutq va emotsional-ifodali nutqni shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlari ochib berilgan. Badiiy asarlar bilan ishlashning samarali usullari, adabiy materiallarni tanlash mezonlari hamda tarbiyachilarning kasbiy mahorati masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, badiiy adabiyot bolalarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish, ijodiy fikrlashni shakllantirish va maktabga tayyorgarlikni ta'minlashda muhim pedagogik vosita ekanligi asoslangan.

Author Biography

  • Berdiyeva Muborak Baxtiyorovna

    Guliston Davlat Pedagogika Instituti, “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi, p.f.b.f.d.(PhD), katta o‘qituvchi

    taqrizi asosida

    Gulistan state pedagogical instute

    Email: ismatovamanzura747@gmail.com

Published

2026-01-08