NAMANGAN VILOYATIDA TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Keywords:
turizm infratuzilmasi, hududiy turizm, Namangan viloyati, transport-logistika, mehmonxona xo‘jaligi, raqamli turizm, investitsion muhit.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada Namangan viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirishning hozirgi holati, mavjud muammolari va istiqbolli imkoniyatlari ko’p tomonlama tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi hududning tabiiy, tarixiy-madaniy hamda ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish orqali turizm infratuzilmasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini birmuncha aniq asoslab berishdan iborat. Maqolada transport va logistika tizimi, mehmonxona va joylashtirish infratuzilmasi, servis xizmatlari, raqamli turizm elementlari, investitsion muhit hamda kadrlar salohiyatining turizm rivojiga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Namangan viloyatida turizm sohasining barqaror rivojlanishini ta’minlash, hududiy turistik raqobatbardoshlikni oshirish va davlat hamda xususiy sektor hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.