MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNING GENDER YONDASHUVI ASOSIDA TA’LIMIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
Keywords:
ta’lim, gender, identifikator, o‘yin, faoliyat, usul, stereotip, rivojlanish, ko‘nikma, adolat.Abstract
Maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ta’lim faoliyatini gender yondashuviga asoslangan holda tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot bolalarning gender identifikatori, ijtimoiy roli va o‘quv faoliyatiga munosabati asosida o‘tkaziladi. Maqolada gender yondashuviga mos keladigan o‘yinlar, mashg'ulotlar va interaktiv usullar orqali bolalarning tengligi, ijtimoiy ko‘nikmalari, jamoaviy ishlashi va shaxsiy rivojlanishini ta’minlashning samarali usullari keltirilgan. Shuningdek, tarbiyachilarga gender stereotiplarini kamaytirish, individual xususiyatlarni rivojlantirish va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar mavjud. Ushbu ish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida gender nuqtai nazaridan ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etishga yordam beradi, bolalarning ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishini ta’minlaydi, tenglik tamoyillarini mustahkamlaydi.