ISSIQ HAJMIY SHTAMPLASHDA DEFORMATSIYA TEZLIGINING MAHSULOT SIFATIGA TA’SIRI

Authors

  • Xurramov Alijon Author

Keywords:

issiq hajmiy shtamplash, deformatsiya tezligi, mahsulot sifati, metall oqimi, ichki kuchlanishlar, sirt sifati, nuqsonlar, mexanik xossa.

Abstract

Mazkur maqolada issiq hajmiy shtamplash jarayonida deformatsiya tezligining mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilinadi. Mavzu doirasida deformatsiya tezligining metall oqimi, ichki kuchlanishlar taqsimoti, donachalar tuzilishi hamda mexanik xossalarga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, turli deformatsiya tezliklarida shakllantirilgan mahsulotlarda yuzaga keladigan nuqsonlar, jumladan, yoriqlar, notekis deformatsiya va sirt sifatining yomonlashuvi sabablari ko‘rib chiqilgan. Maqolada optimal deformatsiya tezligini tanlash orqali mahsulot sifatini yaxshilash, energiya sarfini kamaytirish va texnologik jarayon barqarorligini ta’minlash imkoniyatlari yoritib berilgan.

Author Biography

  • Xurramov Alijon

    Andijon davlat texnika instituti

    Metallar texnologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Published

2026-01-08