QUYONLAR JIGARINING EKSPREMANTAL XOLESTAZ HOLATIDAGI MORFOLOGIYASI VA MORFOMETRIK UZGARISHLARI

Authors

  • Rasulova Lutfiya Lutfiddin qizi Author
  • Shodiyarova Dilfuza Saydullayevna Author

Keywords:

Quyon, jigar, eksperimental xolestaz, morfologiya, morfometriya, gepatosit, o‘t yo‘llari, fibroz, distrofiya.

Abstract

Mazkur ilmiy tadqiqot quyonlarda eksperimental xolestaz sharoitida jigar to‘qimasida kechadigan morfologik, gistostrukturaviy va morfometrik o‘zgarishlarni chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. Xolestaz umumiy o‘t yo‘lini ligatura qilish usuli yordamida modellashtirildi. Tadqiqot davomida jigar parenximasida gepatositlar distrofiyasi, nekrobiotik jarayonlar, sinusoidlar gemodinamikasining buzilishi, o‘t yo‘llari epiteliyining proliferatsiyasi va fibroz jarayonlarning bosqichma-bosqich rivojlanishi aniqlandi. Morfometrik tahlil gepatositlar va stromal komponentlar nisbatining sezilarli darajada o‘zgarishini ko‘rsatdi. Olingan natijalar xolestaz patogenezini tushunishda hamda gepatobiliar patologiyalarni davolash strategiyalarini takomillashtirishda muhim ilmiy ahamiyatga ega.

Author Biographies

  • Rasulova Lutfiya Lutfiddin qizi

    Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, magistr rezidenti.

  • Shodiyarova Dilfuza Saydullayevna

    Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti,

    O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahar.

Published

2026-01-09