OILA INSTITUTINING JAMIYATDAGI O’RNI VA TA’SIRI
Keywords:
Oila instituti, hayot tarzi , an'anaviy jamiyat, zamonaviy jamiyat, qadriyatlar, globallashuv, individualizm.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada oila institutining jamiyat hayot tarzini shakllantirishdagi o'rni tarixiy va zamonaviy kesimda tahlil qilinadi. Tadqiqotda an'anaviy jamiyatda oilaning shaxs tarbiyasi, ijtimoiylashuv, ma'naviy qadriyatlar va kundalik turmushga ko'rsatgan ta'siri hamda zamonaviy jamiyatda ushbu institutning funksional o'zgarishlari qiyosiy jihatdan o'rganiladi. Globallashuv, urbanizatsiya va raqamli texnologiyalar rivoji sharoitida oilaning hayot tarzga ta'siri nisbatan o'zgarib borayotgani, biroq uning ijtimoiy ahamiyati saqlanib qolayotgani ilmiy dalillar asosida asoslab beriladi. Maqolada kecha va bugun oilaning hayot tarziga ta'siri mexanizmlari ochib berilib, an'anaviy va zamonaviy yondashuvlar o'rtasidagi uzviylik va tafovutlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda natijalari oila institutining jamiyat barqarorligi va ma'naviy taraqqiyotidagi muhim rolini yana bir bor tasdiqlaydi.