KOMPRESSION SPORT BUYUMLARINING ISHLAB CHIQARILISHI VA SIFATINI BAHOLASH MEXANIZMLARI

Authors

  • Shavkatova Ozoda Ibroxim qizi Author

Abstract

Kompression sport buyumlari nafaqat sportchilar, balki fitnes ixlosmandlari va faol turmush tarzini olib boruvchi keng auditoriya uchun ham muhim kiyim toifasini tashkil etadi. Bu mahsulotlar tanaga yo‘naltirilgan bosim ta’sirini yaratish orqali mushak faoliyatini qo‘llab‑quvvatlash, qon aylanishini rag‘batlantirish va mashg‘ulot samaradorligini oshirish funksiyalariga ega. Shu sababli, ularning ishlab chiqarilishi va sifatini baholash texnologik jihatdan dolzarb ilmiy‑amaliy masalalardan biridir. Sport kiyimlari ishlab chiqarish jarayonida sifatini baholash mexanizmlari mahsulotning funksionalligini, chidamliligini va foydalanuvchi talablariga mosligini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Author Biography

  • Shavkatova Ozoda Ibroxim qizi

    Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat  instituti doktoranti

Published

2026-01-09