ZARDUSHTIYLIK TA’LIMOTIDA URF-ODAT, MAROSIMLAR, MA’NAVIY- AHLOQIY QARASHLAR
Keywords:
Zardushtiylik, Meri Boys, avestoshunos, marosim, buddizm, parsizm, din.Abstract
. Bizlar zardushtiylik dinini ma’naviy me’rosimiz asoslaridan biri ekanligi, shu bilan birga jahon madaniyati shakllanishiga ulkan hissa qo’shganligini alohida ta’kidlashimiz lozim. Ingliz olimasi Meri Boys shunday deydi: «Zardushtiylikning ulug’vor va original ta’limotlari butun Yaqin Sharq hududiga ta’sir etib, uning asosida iudaizm rivojlangan, xristianlik va islom paydo bo’lgan”, shuningdek, buddizmning maxayana oqimi ham zardushtiylikdan oziqlangan. “Shuning uchun, – deydi u, – jahon dinlarining barcha jiddiy tadqiqotchilari zardushtiylikni o’rganadilar”. Zardushtiylik tadqiqotlariga bag‘ishlangan “Zardushtiylik urf-odat an’ana va marosimlar” nomli asari taniqli avestashunos olima tomonidan 1979-yilda nashr qilingan. Meri Boys o‘zining ushbu kitobida zardushtiylik dini vujudga kelganidan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrini zardushtiy jamoalarining urf-odat an’ana va marosimlarini yoritib berishga harakat qiladi.