INSON RESURSLARINI BAHOLASHDA AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARINI JORIY ETISH MEXANIZMLARI TAKOMILLASHTIR

Authors

  • Omonxonov Sayidkarim Shukurullaxon o‘g‘li Author

Keywords:

Inson resurslari, baholash mexanizmlari, avtomatlashtirilgan axborot tizimi, raqamli texnologiyalar, KPI, kompetensiya, HR Analytics, boshqaruv samaradorligi.

Abstract

Mazkur tadqiqot inson resurslarini baholashda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Unda kadrlar faoliyatini baholashda qo‘llanilayotgan an’anaviy yondashuvlarning cheklovlari tahlil qilinib, raqamli texnologiyalar asosida baholash jarayonlarini avtomatlashtirishning ilmiy-amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqot doirasida inson resurslarini baholashning KPI va kompetensiya ko‘rsatkichlariga asoslangan mexanizmlari ishlab chiqilib, ularni yagona axborot tizimi orqali monitoring qilish va tahlil qilish imkoniyatlari asoslab berilgan. Taklif etilgan mexanizmlar baholash jarayonida shaffoflik va xolislikni ta’minlash, boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirish hamda raqamli kadrlar boshqaruvi tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Author Biography

  • Omonxonov Sayidkarim Shukurullaxon o‘g‘li

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Magistratura va Kechki ta’lim” fakulteti “Raqamli
    iqtisodiyot” yo‘nalishi 2- kurs magistranti
    omonxonovsaidkarim
    @gmail.com

Published

2026-01-11