AKADEMIK YOZUV KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI

Authors

  • Oyistaxon Usmonova Yo‘ldashaliyevna Author
  • Hasanboyev Ma’ruzobek Mamurjon o‘g‘li Author

Keywords:

akademik yozuv kompetensiyasi, lingvodidaktika, ilmiy uslub, matn kompetensiyasi, yozma nutq, kommunikativ yondashuv, strategik kompetensiya.

Abstract

Ushbu maqolada akademik yozuv kompetensiyasini shakllantirish jarayoni lingvodidaktik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Lingvodidaktika til birliklarini o‘rgatish bilan birga ularning kommunikativ va funksional qo‘llanilishiga e’tibor qaratadi. Maqolada akademik yozuvni rivojlantirish til kompetensiyasi, nutq kompetensiyasi va strategik kompetensiya o‘zaro uyg‘unligida kechishi asoslab beriladi. Talabalarda ilmiy uslubga xos leksik-grammatik vositalarni ongli qo‘llash, mantiqiy bog‘lovchilar orqali matn izchilligini ta’minlash va dalillash madaniyatini shakllantirish muhim lingvodidaktik vazifalar sifatida ko‘rsatiladi. Shuningdek, mazkur kompetensiyani rivojlantirishda matn bilan ishlash, namunalarni tahlil qilish va reflektiv yozuv mashqlarining roli yoritiladi. Tadqiqot natijalari akademik yozuvni samarali o‘qitish lingvodidaktik asoslarda tashkil etilgandagina barqaror natija berishini ko‘rsatadi.

Author Biographies

  • Oyistaxon Usmonova Yo‘ldashaliyevna

    Toshkent davlat texnika universiteti

    Elektronika va Aftamatika fakulteti

    O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qtuvchisi

    Dotsenti

  • Hasanboyev Ma’ruzobek Mamurjon o‘g‘li

    Toshkent davlat texnika universiteti talabasi

Published

2026-01-11