ISLOM BANKINI YARATISHDAN MAQSADI VA VAZIFALARI
Keywords:
islom banki, shariat tamoyillari, foizsiz moliyalashtirish, risklarni taqsimlash, moliyaviy barqarorlik, ijtimoiy adolat.Abstract
Mazkur maqolada islom banklarini tashkil etishning nazariy-huquqiy asoslari, ularning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy omillar hamda zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida islom banklarining asosiy maqsadlari — foizsiz moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish, real sektorni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, islom banklarining asosiy vazifalari sifatida shariat qoidalariga muvofiq moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish, risklarni adolatli taqsimlash, investitsiya jarayonlarini faollashtirish hamda jamiyat farovonligini oshirishga qaratilgan faoliyat yo‘nalishlari asoslab berilgan. Maqola natijalari islom moliyasi institutlarining milliy bank tizimiga integratsiyalashuvi va ularning iqtisodiy rivojlanishga qo‘shadigan hissasini baholashda amaliy ahamiyat kasb etadi.