ISLOM BANKLARINING TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Keywords:
Islom bankchiligi, Islom moliyasi, ribo, shariat tamoyillari, mudoraba, musharaka, sukuk, foyizsiz bank tizimi, Islom taraqqiyot banki, halol investitsiya, islomiy moliyaviy institutlar, iqtisodiy rivojlanish, islom iqtisodiyoti.Abstract
Mazkur maqolada Islom banklarining tarixiy shakllanish jarayoni, nazariy tamoyillari va rivojlanish bosqichlari atroflicha yoritilgan. Tadqiqot doirasida Islom iqtisodiy modelining shakllanishiga asos bo‘lgan shariat normalari, foyiz (ribo) taqiqi, moliyaviy faoliyatda xavfni hamkorlikda taqsimlash kabi fundamental qoidalar ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Islom bankchiligiga oid ilk tajribalar, XX asrning ikkinchi yarmida uning institutsional tizim sifatida shakllanish jarayoni, shuningdek, zamonaviy davrda global miqyosda kengayishi o‘rganilgan. Maqolada 1970–1980 yillarda ilk tijorat islom banklarining paydo bo‘lishi, xalqaro islom moliya institutlarining barpo etilishi va bugungi kunda soha qamrab olgan bozorlarda innovatsion mahsulotlarning joriy etilishi kabi bosqichlar tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari islom bankchilik tizimining iqtisodiy ahamiyati, uning moliya bozorlaridagi o‘rni hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan ilmiy xulosalar va takliflarni o‘z ichiga oladi.