TOSHKENT VILOYATI, OHANGAR TUMANI, OYBULOQ MFY, O‘ZAR QISHLOG‘I YER OSTI ICHIMILIK SUVINING KIMYOVIY TAHLILI

Authors

  • Abdukadirova Malohat Author
  • Abilov Azizbek Author
  • Nurmuhammedova Muxlisa Author
  • Jumayev Islom Author

Keywords:

Ichimlik suvi, suv sifati, suvning kimyoviy tarkibi, organoleptik xususiyatlar, qattiqlik, oksidlanuvchanlik, bakteriologik tahlil, patogen, JSST, O‘zMSt 133:2024.

Abstract

Ushbu maqolada Toshkent viloyati Ohangaron tumani Oybuloq MFY hududidagi O‘zar qishlog‘ining yer osti ichimlik suvi sifat ko‘rsatkichlari laboratoriya sharoitida tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi — ichimlik suvining kimyoviy va bakteriologik tarkibini aniqlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi Milliy standarti (O‘zMSt 133:2024) hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) talablariga solishtirish orqali aholi salomatligiga ta’sirini baholashdir. Tadqiqot jarayonida suv namunalarining rangi, tiniqligi, pH, oksidlanuvchanligi, qattiqlik darajasi, ishqorlar va temir miqdori kabi asosiy parametrlar o‘lchandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, O‘zar qishlog‘i yer osti ichimlik suvi bakteriologik jihatdan xavfsiz bo‘lib, gigiyenik me’yorlarga asosan mos keladi. Biroq suvning umumiy qattiqligi va oksidlanuvchanlik darajasining nisbatan yuqoriligi suv sifatini yumshatish va filtrlash zaruratini keltirib chiqarmoqda. Maqola yakunida ichimlik suvining sifatini yaxshilash, aholining sog‘lom turmush tarzini ta’minlash hamda suv ta’minoti tizimida ekologik xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Author Biography

  • Abdukadirova Malohat

    dot

Published

2026-01-11