INSON PAPILLOMA VIRUSI (HPV) VA BOSHQA ONKOVIRUSLARNING OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SARKOMALARINING RIVOJLANISHIDAGI ROLI: KLINIK VA DIAGNOSTIK TAHLIL
Keywords:
og‘iz bo‘shlig‘i sarkomasi, hpv, onkoviruslar, virusologik skrining, diagnostika, davolashAbstract
Mazkur ilmiy maqolada inson papilloma virusi (HPV) va boshqa onkoviruslarning og‘iz bo‘shlig‘i sarkomalarining rivojlanishidagi etiologik va patogenetik roli chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot davomida virusli infeksiyalarning sarkoma turlarining klinik kechishi, agressivligi, tashxislanish muddati hamda davolash samaradorligiga ta’siri baholandi. Klinik va laborator tekshiruvlar asosida HPV va boshqa viruslar bilan bog‘liq sarkomalar ko‘pincha kech bosqichlarda aniqlanishi, tez o‘sishi va murakkab klinik kechishi bilan tavsiflanishi aniqlandi. Olingan natijalar virusologik skrining, erta tashxis va kompleks davolash yondashuvlarini qo‘llash og‘iz bo‘shlig‘i sarkomalari bilan og‘rigan bemorlarda prognozni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.