EVRISTIK TA’LIM TEXNOLOGIYALARI: FIZIKA VA ASTRONOMIYA O‘QITISH JARAYONIDA METODIK QO‘LLANILISHI
Keywords:
Evristik ta’lim, pedagogik texnologiyalar, multimodal ta’lim, virtual laboratoriyalar, internet-resurslar, STEM integratsiyasi, konstruktivizm, kognitiv psixologiya.Abstract
Ushbu maqola evristik ta’lim texnologiyalarining nazariy, metodologik va amaliy jihatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ularning fizika va astronomiya fanlarida qo‘llanilish imkoniyatlarini chuqur tahlil qiladi. Evristik yondashuv o‘quvchining mustaqil ilmiy tafakkurini, kreativ izlanishlarini, muommoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada virtual laboratoriyalar, interaktiv modellar, masofaviy teleskoplar, internet va multimodal ta’lim resurslari orqali evristik metodlarni tatbiq etishning pedagogik strategiyalari tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, o‘quvchi va o‘qituvchi kompetensiyalarini shakllantirish, STEM integratsiyasini amalga oshirish va ilmiy izlanishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish metodikasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari evristik ta’lim texnologiyalarining nafaqat nazariy bilimni, balki praktik, tadqiqotga yo‘naltirilgan va kreativ faoliyatni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.