BADMINTONCHILARNING KUN TARTIBI VA OVQAT RATSIONINI TASHKILLASH
Keywords:
badminton, sportchilar kun tartibi, ovqat ratsioni, sport ovqatlanishi, mashg‘ulot jarayoni, tiklanish, jismoniy tayyorgarlik, sport samaradorligi.Abstract
Mazkur maqolada badmintonchilarning sport tayyorgarligi jarayonida kun tartibi va ovqat ratsionini ilmiy asosda tashkil etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda badminton sport turining yuqori tezkorlik, koordinatsiya va chidamlilikka qo‘yadigan talablaridan kelib chiqib, mashg‘ulot, dam olish, tiklanish va ovqatlanish rejimlarining o‘zaro uyg‘unligi tahlil qilinadi. Shuningdek, sportchilarning sutkalik biologik ritmlariga mos ravishda tuzilgan kun tartibi va muvozanatli ovqat ratsionining ish qobiliyati, mashg‘ulot samaradorligi hamda sport natijalariga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi. Maqola natijalari badmintonchilar tayyorgarlik jarayonini rejalashtirishda va sport mashg‘ulotlarini optimallashtirishda amaliy ahamiyatga ega.