RAQAMLI DALILLAR

Authors

  • Ne’matova Muhlisaxon Qahramon qizi Author
  • Rixsiboyev Nozimbek Abdurasul o'g'li Author

Keywords:

Raqamli dalillar, kiber-forenzika,kiber ekspertiza , metadata, SHA-256, file carving, RAM forensics, Lokard prinsipi, smartfon ekspertizasi, bulutli texnologiyalar, blockchain forenzika, anti-forenzika, kriptovalyuta izlari, sun'iy intellekt, zanjirli saqlash, kiberjinoyatchilik, geolokatsiya, chip-off, ISP tahlili, hash funksiyasi, bulutli xotira, ma’lumotlarni qayta tiklsh, lokard prinsipi

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy kriminalistikaning eng dolzarb yo‘nalishi —RAQAMLI DALILLAR va kiber-ekspertiza (digital forensics) masalalari chuqur tahlil qilinadi. Texnologiyalar rivojlanishi natijasida an’anaviy jinoyat tushunchasining o‘zgarishi, elektron qurilmalarda qolayotgan "raqamli izlar"ning huquqiy va texnik tabiatiga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada ma’lumotlarni qayta tiklashning zamonaviy usullari (File Carving, RAM Forensics, Metadata tahlili), bulutli texnologiyalar va smartfonlar orqali shaxsni identifikatsiya qilish mexanizmlari ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, jahon amaliyotida yuz bergan shov-shuvli jinoiy ishlar misolida raqamli dalillarning haqiqatni qaror toptirishdagi o‘rni va kelajakdagi istiqbollari, jumladan, sun’iy intellektning sohadagi ro’li yoritilgan va raqamli aylanma jadallashgan sharoitda nizolarning aksar qismi elektron kommunikatsiyalar va axborot tizimlarida aks etayotgan izlarga bog‘lanmoqda. Shu bois, elektron isbotlarning yo‘l qo‘yiluvchanligi, tegishliligi va e’tibor darajasini baholash masalasi, sud adolati samaradorligining markaziy bo‘g‘iniga aylandi. O‘zbekistonda protsessual qonunchilik so‘nggi yillarda raqamli dalillar uchun me’yoriy zamin yaratishga intilmoqda; biroq amaliyotda messenjer yozishmalari, elektron pochta xatlari, metama’lumot (metadata), axborot tizimlaridan olingan loglar, videozapislar hamda blokcheynga asoslangan dalillar bo‘yicha yondashuvlar bir xil emas. Ushbu maqola elektron dalillar institutini nazariy va amaliy kesimda tahlil qiladi, komparativ qiyosni taklif etadi va amaliy tavsiyalar bilan yakunlaydi.

Author Biographies

  • Ne’matova Muhlisaxon Qahramon qizi

    Tashkent xalqaro universiteti,

    Yurisprudensiya fakulteti,

    1-bosqich talabasi

    E-mail: muhlisanematova848@gmail.com

  • Rixsiboyev Nozimbek Abdurasul o'g'li

    Ilmiy rahbar

    "Tashkent International University" xalqaro universiteti dekani

    i.f.f.d., PhD

Published

2026-01-15