QUYOSH PANELLARI: ISTIQBOLLARI VA O‘ZBEKISTONDA QO‘LANILISH IMKONIYATLARI
Keywords:
qishloq xo‘jaligi, agrosanoatni subklasterlashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, klasterlashtirish, agrosanoat klasterlari, fermer xo‘jaliklari, korxonalar, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati, aholi salomatligini taʼminlash, ekologik holat , chiqindilar.Abstract
Mazkur maqolada quyosh panellari texnologiyasining nazariy asoslari, jahon tajribasi va O‘zbekiston sharoitida qo‘llanish imkoniyatlari o‘rganilgan. Quyosh energiyasi qayta tiklanuvchi, ekologik toza va cheksiz manba sifatida tahlil qilinib, uning afzalliklari va kamchiliklari ilmiy asosda yoritilgan.
Tadqiqotda dunyo miqyosida quyosh panellari bo‘yicha amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, innovatsion texnologiyalar hamda ularning iqtisodiy samaradorligi o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasining tabiiy-iqlim sharoitlari, mavjud energetik salohiyati va davlat dasturlari asosida quyosh panellari rivojlanish istiqbollari tahlil qilindi.
Maqolaning natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda quyosh panellari qo‘llash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ekologik muammolarni kamaytirish, energiya mustaqilligiga erishish va aholi hamda kichik biznes uchun samarali energiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari mavjudligi asoslab berilgan.