INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI PEDAGOGLARINING ALGORITMIK TAFAKKUR VA DASTURLASHNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Keywords:
Python, Jupyter Notebook, algoritmik tafakkur, dasturlash, interaktiv o‘qitish, informatika ta’limi, pedagogik metodika, amaliy mashg‘ulot.Abstract
Mazkur maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qituvchi pedagoglarning algoritmik tafakkur va dasturlashni shakllantirish metodikasi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda an’anaviy va interaktiv yondashuvlar, shu jumladan loyiha va muammoli vaziyatlar asosida olib borilgan amaliy mashg‘ulotlar solishtiriladi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, algoritmik tafakkur va dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda interaktiv, muammoli va loyiha asosidagi metodlar talabalarning mantiqiy fikrlashini, mustaqil o‘rganish faolligini va amaliy ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu maqola pedagoglar uchun algoritmik tafakkur va dasturlashni shakllantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar hamda amaliy ko‘rsatmalarni taqdim etadi.