O‘ZBEKISTONDA OG‘IZ BO’SHLIG’I JARROHLIGI VA DENTAL IMPLANTOLOGIYADA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH: SOG‘LIQNI SAQLASH STRATEGIYASI, KLINIK SAMARADORLIK VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Muxammadiyeva G.Sh Author
  • Salimova M.A Author
  • Sattorova D.G Author
  • Azimov A.M Author

Keywords:

og‘iz bo’shlig’i jarrohligi, implantologiya, raqamli stomatologiya, CBCT, guided surgery, sog‘liqni saqlash strategiyasi, O‘zbekiston.

Abstract

Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida muayyan natijalarga erishildi. Sogʻliqni saqlash – aholi sogʻligʻini muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy tadbirlar tizimi. Sogʻliqni saqlash kasalliklarning oldini olish va davolash, sogʻlom turmush va mehnat sharoitini yaratish, yuqori mehnat qobiliyatini va uzoq umr koʻrishni taʼminlashga qaratilgan umumiy tadbirlarni koʻzda tutadi; uning asosiy vazifasi bemorlarga zamonaviy, ixtisoslashgan hamda mos tarzda yordam koʻrsatishdan iborat. Keyingi ikki yilda Prezidentimizning sohaga oid 50 ta farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining 70 dan ziyod qaror va farmoyishlari qabul qilindi. 6 ta yangi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, ularning soni 16 taga yetdi. Xalqimizga yanada qulay boʻlishi uchun hududlarda ularning 10 ta filiali ish boshladi. Tuman va shahar shifoxonalarida 306 ta yangi ixtisoslashgan boʻlimlar, 1 ming 200 ta tez tibbiy yordam shoxobchasi ochildi.Umuman olganda, tibbiyot sohasiga davlat byudjetidan 2017-yilga nisbatan 40 foiz koʻp mablagʻ ajratildi, kelasi yil sohaga qariyb 30 foiz koʻp mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirilgani qayd etildi.

So‘nggi yillarda global miqyosda stomatologik kasalliklar, xususan tish yo‘qotilishi va periodontal patologiyalar sog‘liqni saqlash tizimi uchun muhim muammo sifatida qaralmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 3,5 milliarddan ortiq aholi turli darajadagi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekadi. Ularning sezilarli qismi og‘iz-jag‘ jarrohligi va implantologik davolashga muhtoj hisoblanadi. Dental implantologiya yo‘qolgan tishlarni tiklashning eng zamonaviy va samarali usuli bo‘lib, u bemorning funksional, estetik va psixologik holatini yaxshilaydi.Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida og‘iz-jag‘ jarrohligi va implantologiyada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish zarurati, ularning klinik samaradorligi, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda istiqbollari chuqur tahlil qilinadi. CBCT, uch o‘lchamli implant rejalashtirish, guided implant surgery va raqamli stomatologiya texnologiyalarining amaliy ahamiyati ilmiy ma’lumotlar asosida yoritiladi.

Author Biographies

  • Muxammadiyeva G.Sh

    Mualliflar

  • Salimova M.A

    Mualliflar

  • Sattorova D.G

    Ilmiy rahbar

    Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti

  • Azimov A.M

    Ilmiy rahbar

    Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti

Published

2026-01-19