NASABNOMALARDA CHIG‘ATOY ULUSINING MUSTAQILLIK DAVRI (1306-1346)NING YORITILISHI
Keywords:
Chig‘atoy ulusi, mustaqillik, Muizz al-ansob, To‘rt ulus tarixi, Mirzo Ulug‘bek, suverenitet, Duvaxon, Kebekxon, genealogiya, legitimlik.Abstract
Maqolada Temuriylar davri tarixshunosligining muhim manbalari – “Muizz al-ansob” va Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” asarlarida Chig‘atoy ulusi mustaqillik davri (1306–1346) tarixining yoritilishi manbashunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda ushbu asarlarning o‘ziga xos xususiyati, ya’ni Chig‘atoy xonlarining shajaraviy tarixi va bu jarayonning davlat suvereniteti bilan bog‘liqligi qiyosiy o‘rganilgan. Muallif mazkur manbalar orqali Duvaxon, Kebekxon va Tarmashirinxon davridagi siyosiy barqarorlik hamda ma’muriy islohotlarning sulolaviy legitimlik asoslarini ilmiy asoslab beradi. Maqolada ushbu asarlar Chig‘atoy ulusi mustaqilligini Temuriylar davlatchiligi uchun huquqiy va tarixiy zamin hozirlagan bosqich sifatida talqin etishi ko‘rsatilgan