ENTEROVIRUSLAR, ULARNING KLINIK KO‘RINISHLARI: MENINGIT, MIOKARDIT

Authors

  • Tashmatova Rohatoy Akmaljon qizi Author

Keywords:

enterovirus, klinik ko‘rinish, meningit, miokardit, patogenez, infektsiya, profilaktika, diagnostika.

Abstract

Ushbu maqolada enteroviruslar, ularning biologik xususiyatlari, infeksiya tarqalish yo‘llari va klinik ko‘rinishlari, xususan meningit va miokardit shakllari batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida enteroviruslarning inson organizmiga ta’siri, viruslar patogenezining mexanizmlari va ularning turli tizimlarga, jumladan markaziy asab tizimi va yurak mushaklariga yetkazadigan zararli oqibatlari o‘rganilgan.

Maqolada enterovirus infektsiyalarining klinik belgilarini aniqlash, diagnostika usullarini qo‘llash va samarali davolash strategiyalarini ishlab chiqish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu viruslar sababli yuzaga keladigan jiddiy kasalliklar – virusli meningit va miokardit –ning oldini olish, profilaktika va erta tashxisning ahamiyati alohida ta’kidlangan.

Tadqiqot natijalari pediatriya, infeksion kasalliklar va umumiy tibbiyot sohalari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, enterovirus infektsiyalarining epidemiyologik monitoringi, sog‘liqni saqlash tizimida profilaktika choralarini takomillashtirish va bemorlar sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Author Biography

  • Tashmatova Rohatoy Akmaljon qizi

    Qoʻqon universiteti Andijon Filiali

    Pedyatriya yoʻnalishi 24_04-guruh talabasi

Published

2026-01-20