VIZUAL MATERIALLARNING TA’LIM JARAYONIDAGI O’RNI

Authors

  • Abdulahatova Dilnura Author

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy ta'lim jarayonida vizual materiallarning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning bilim olish samaradorligiga ta'siri tahlii qilinadi. Vizual materiallar – bu tasvirlar, diagrammalar, grafiklar, xaritalar, videolar va boshqa ko‘rinadigan vositalar bo‘lib, ular murakkab tushunchalarni soddalashtirish, o‘quv jarayonini qiziqarli qilish va bilimlarning uzoq muddatli xotirada saqlanishiga yordam beradi. Maqolada vizual materiallarning psixologik va pedagogik asoslari, ularni qo‘llashning samarali usullari, shuningdek, raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan zamonaviy tendensiyalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vizual materiallardan foydalanish o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi, mavzuni tushunishni yaxshilaydi va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Author Biography

  • Abdulahatova Dilnura

    Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat

    Pedagogika Universiteti Filologiya fakulteti

    Maktabgacha va Boshlang’ich ta’limda Xorijiy til

    yo’nalishi 540-22 guruh talabasi

Published

2026-01-21