1920–1930-YILLARDA SURXONDARYODA O‘QITUVCHILARGA NISBATAN SIYOSIY TA’QIBLAR VA UNING XALQ TA’LIMIGA TA’SIRI

Authors

  • Tillayeva Shohsanam Odil qizi Author

Keywords:

siyosiy repressiya, o‘qituvchi kadrlar, xalq ta’limi tizimi, Surxondaryo viloyati, sovet ta’lim siyosati, mafkuraviy nazorat, 1920–1930-yillar.

Abstract

Mazkur maqolada 1920–1930-yillarda Surxondaryo viloyatida o‘qituvchilarga nisbatan amalga oshirilgan siyosiy ta’qiblar va ularning xalq ta’limi tizimi rivojiga ko‘rsatgan salbiy oqibatlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sovet hokimiyatining dastlabki yillarida pedagog kadrlarning mafkuraviy jihatdan nazorat ostiga olinishi, ularni “ishonchsiz ijtimoiy qatlam” sifatida baholash mexanizmlari hamda repressiya siyosatining hududiy xususiyatlari ochib beriladi. Maqolada arxiv hujjatlari, himoyadan o‘tgan dissertatsiyalar va yetakchi tarixchilarning ilmiy asarlariga tayangan holda Surxondaryo viloyatida ta’lim tizimida yuzaga kelgan kadrlar tanqisligi, ta’lim sifati pasayishi va pedagogik muhitning mafkuraviylashuvi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Olingan xulosalar bugungi kunda o‘qituvchi shaxsining huquqiy himoyasi va kasbiy erkinligini ta’minlash masalalarini tarixiy tajriba asosida baholash imkonini beradi.

Author Biography

  • Tillayeva Shohsanam Odil qizi

    O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

    Surxondaryo akademik litseyi, tarix fani o’qituvchisi

Published

2026-01-21