OILAVIY-MAISHIY ZO‘RAVONLIK — SUKUT BILAN YASHIRILGAN JINOYAT: JINOIY-HUQUQIY TAHLIL, GENDER TENGLIK VA QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI
Keywords:
oilaviy-maishiy zo‘ravonlik, Jinoyat kodeksi 126¹-modda, gender tenglik, himoya orderi, jinoyat-huquqiy tahlil, xorijiy tajriba, jinoyat obyekti, jinoyat subyekti, huquqbuzarlik, xavfli jinoyatlar, jinoyat obyektiv tomoni, jinoyat subyektiv tomoni.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126¹-moddasida nazarda tutilgan oilaviy-maishiy zo‘ravonlik jinoyatining huquqiy mohiyati, ijtimoiy xavfliligi va amaliy qo‘llanishidagi muammolar chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda oilaviy zo‘ravonlikning jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va jinsiy shakllari jinoyat-huquqiy nuqtai nazardan yoritilib, ularning yashirin sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy, madaniy va gender stereotiplari ochib beriladi. Shuningdek, maqolada gender tenglik tamoyilining oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashdagi o‘rni asoslanib, xorijiy davlatlar (Ispaniya, Germaniya, Kanada) tajribasi qiyosiy-huquqiy usulda tahlil qilinadi. Ushbu tajriba asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish, himoya mexanizmlarini kuchaytirish va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan amaliy takliflar ilgari suriladi. Maqola huquqni qo‘llash amaliyoti, ilmiy tadqiqotlar va normativ-huquqiy islohotlar uchun muhim nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.