FARG‘ONA VODIYSIDA ILK MATBAACHILIK AN’ANALARI: MUHAMMAD AZIM HOJI MARG‘ILONIY TASHABBUSI

Authors

  • Nurqulova Oyim Shoyimardon qizi Author

Keywords:

toshbosma matbaa, litografiya, Xurshid matbaasi, Farg‘ona vodiysi, Xiva xonligi, Muhammad Azim hoji Marg‘iloniy, Otajon Abdalov, Komil Xorazmiy, milliy kitobat.

Abstract

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda, xususan Xiva xonligi va Farg‘ona vodiysida toshbosma matbaachilikning shakllanishi va rivojlanish tarixi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor Xivadagi “Xurshid” toshbosma matbaasining tashkil etilishi, uning faoliyati, nashr etilgan asarlar va ushbu jarayonda ishtirok etgan shaxslar  Muhammad Rahimxon II (Feruz), Otajon Abdalov, Komil Xorazmiy kabi namoyondalarning o‘rniga qaratilgan. Shuningdek, Farg‘ona vodiysida milliy matbaachilikka asos solgan Muhammad Azim hoji Marg‘iloniyning faoliyati, uning litografiya san’atini o‘zlashtirishi va Marg‘ilonda birinchi toshbosma ustaxonasini tashkil etish jarayonlari yoritib berilgan. Maqolada milliy kitobat va nashriyotchilik tarixida toshbosmaning o‘rni va ahamiyati ochib berilgan.

Author Biography

  • Nurqulova Oyim Shoyimardon qizi

    Mirzo Ulug‘bek nomidagi

    O‘ZMU tarix fakulteti

    2-bosqich magistranti

Published

2026-01-23