KRIMINALISTIKA SOHASIDA SUN’IY INTELLEKT:IMKONIYATLAR, HUQUQIY CHEKLOVLAR VA XAVFLAR

Authors

  • Nurmurodova Sevara Surat qizi Author

Keywords:

sun’iy intellekt, kriminalistika, tergov, kriminalistik tahlil, ma’lumotlar maxfiyligi, yuzni aniqlash tizimi, prediktiv politsiya, huquqiy tartibga solish, kriminalistik texnologiyalar.

Abstract

Ushbu maqolada kriminalistika sohasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy tendensiyalari, ularning jinoyatlarni aniqlash, tergov jarayonlarini tezlashtirish va dalillarni tahlil qilishdagi samaradorligi yoritiladi. Sun’iy intellektning imkoniyatlari qatorida yuzni aniqlash tizimlari, ovoz va video tahlili, kriminalistik izlarni avtomatik qayta ishlash, katta ma’lumotlar bazasini tahlil qilish va jinoyatlarni prognozlash texnologiyalari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, algoritmik xatoliklar, diskriminatsiya xavfi, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi, dalillarning ishonchliligi hamda AIga huquqiy mas’uliyat yuklash muammolariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada O‘zbekiston va jahon tajribasi asosida sun’iy intellektdan kriminalistik amaliyotda foydalanishni huquqiy tartibga solish zaruriyati asoslanadi hamda xavfsiz va samarali integratsiya uchun tavsiyalar ilgari suriladi

Author Biography

  • Nurmurodova Sevara Surat qizi

    Davlat boshqaruvi huquqi yo’nalishi magistranti

    Toshkent davlat yuridik universiteti

    e-mail:nurmurodovasevara7@gmail.com

Published

2026-01-23