INGLIZ TILINI O‘RGANISHNING TALABALARNING ISHONCH VA MOTIVATSIYASIGA PSIXOLOGIK TA’SIRI
Keywords:
ingliz tili, motivatsiya, o‘ziga ishonch, psixologik ta’sir, talaba, o‘quv jarayoni.Abstract
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘rganish jarayonining talabalarning psixologik holatiga, xususan, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va motivatsiyasiga ta’siri ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ingliz tilini o‘rganish davomida qo‘llaniladigan interaktiv metodlar, multimedia vositalari va guruhli ishlash shakllarining talabalarning ichki va tashqi motivatsiyasini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Empirik tadqiqot natijalari ingliz tilini samarali o‘rganish talabalar orasida ijobiy psixologik muhitni shakllantirishi, o‘z fikrini erkin ifodalash, kommunikativ faollik va akademik muvaffaqiyatni oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishda psixologik omillarni hisobga olish zarurligini asoslab beradi.