JADIDLAR DAVRIDA MILLIY MATBUOTCHILIKNING IJTIMOIY-MADANIY HAYOTDAGI O‘RNI
Abstract
XIX asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran Turkiston o‘lkasida bu hududlar tarixini o‘rganish, unga xolisona baho berish uchun turli aniq faktlarga asoslangan adabiyotlarga ehtiyoj har doimgidan ham oshib ketdi. Chunki mustamlaka tizimida yashayotgan xalq o‘zligini bilish uchun ko‘p hollarda mustamlaka hukumat tomonidan buzib talqin etilgan manbalardan istifoda qilar edi. Shu jihatdan ularni o‘rganish uchun alohida bosmaxonalar tashkil etish zaruriyatga aylandi. Shuningdek, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi ijtimoiy-madaniy, diniy muhit haqida batafsil ma’lumotlarni o‘lka musulmonlariga yetkazish ham dolzarb muammoga aylandi. Bosmaxonalar vujudga kelgunga qadar bu hududlarda xattotlik san’ati yuksak darajada rivojlanganligi hech kimga sir emas